"Vulverxempton" Ukraina terma jamoasi hujumchisiga ko'z tikdi

Sherzod Nurmatov
18 apr 2021, 00:02
"Gent" va Ukraina terma jamoasi hujumchisi Roman Yaremchuk ingliz klubi e'tiborini tortdi.

Manbaga ko'ra, Pedru Netu va Raul Ximenesning jarohati tufayli hujumda muammolarga duch kelayotgan "Vulverxempton" 25 yoshli futbolchini sotib olmoqchi.

Ukrainalik forvardning transfer qiymati 13 million evroga baholanmoqda. Uning "Gent" bilan shartnomasi 2025 yilgacha mo'ljallangan.

Yaremchuk joriy mavsumda 36 uchrashuvda 18 ta gol urdi va 6 ta golli pas berdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Het Laatste Nieuws