"Vulverxempton" bosh murabbiyligi uchun yana bir nomzod bor

Mirjalol Normatov
30 okt 2022, 17:35
"Vulverxempton" rahbariyati jamoa bosh murabbiyini aniqlab olishda bir qarorga kelgani yo'q.

"The Sun" xabariga ko'ra, ingliz klubidagilar "Sevilya" sobiq ustozi Xulen Lopetegi bilan muzokaralar olib bormoqda. "Bo'rilar"ni vaqtincha boshqarayotgan Stiv Devis esa yil oxiriga qadar ushbu vazifani bajarib turadi.

Eslatib o'tamiz, ushbu mavsum startida ham "Vulverxempton" ispaniyalik mutaxassisga taklif bilan chiqqan, biroq rad javobini olgandi. Oldinroq klub Peter Boshga ham taklif yuborgan.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: The Sun