Vladimir Andreev: "Paxtakor"ga qarshi o'ynash doim qiyin"

Narzulla Saydullayev
31 okt 2019, 21:56
"Paxtakor" - "Surxon" (3:1) uchrashuvidan so'ng mehmonlar ustozi Vladimir Andreev o'z fikrlarini bildirdi.

 "Paxtakor"ni g'alaba bilan tabriklayman. Menimcha bugungi o'yin muxlislarga yoqdi. Bizda ham imkoniyatlar bo'ldi, ammo vaziyatlardan unumli foydalana olmadik. "Paxtakor" bilan o'ynash doim qiyin. "Paxtakor" chempionlikni va kubokni qo'lga kiritgan va mamlakatning eng kuchli klubi bo'lib turibdi. Bu o'yinda qo'limizdan kelgani bitta gol bo'ldi.

- "Surxon"ning u yilgi maqsadi qanday?
- Maqsadimiz aniq - 3-o'rinni olish. Ammo bu futbol.

- Cheranga qarshi alohida tayyorgarlik ko'rilganmidi?

- Standart vaziyatlarga tayyorlangandi va Cheranga qarshi alohida tayyorgarlik ko'rgandik. U bu mavsumda eng ko'p gol urdi va Superligada to'purar bo'lib turibdi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia