Vitsel Yevropaga qaytishi mumkin

Mirjalol Normatov
22 iyul 2018, 18:11
"Tyanczin Cyuanczyan" yarim himoyachisi Aksel Vitsel Bundesligaga yo'l olishi mumkin.

"Bild" xabariga ko'ra, uning xizmatlariga "Borussiya" tomonidan qiziqishlar bo'lmoqda. Belgiyalikning transfer narxi 20 mln evroni tashkil qilishi kutilmoqda.

Vitselning Xitoy jamoasi bilan shartnomasi yakunlanishiga yana bir yil bor.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Bild