Vitolo "Vilyarreal"ga o'tadi

31 yanv 2021, 23:37
Madridning "Atletiko" klubi yarim himoyachisi Vitolo faoliyatini "Vilyarreal"da davom ettirishi kutilmoqda.

Bu haqda "Mundo Deportivo" nashri xabar tarqatdi. "Sariq suvosti kemasi" rahbariyati ertaga Madrid klubiga rasmiy taklif yuboradi. Vitoloning o'zi ham jamoasini o'zgartirishga qarshi emas, u o'yin amaliyotining kamligidan norozi. 31 yoshli futbolchi La Liganing joriy mavsumida 6 ta uchrashuvda maydonga tushdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Mundo Deportivo