Vitaliy Levchenko: "Bu uzoq va mashaqqatli yo'l edi, muxlislar chempionlikni 24 yil kutishdi"

Iskandarov Abdulaziz
23 noya 2025, 10:42
Farg'onaning "Neftchi" jamoasi kecha Superliganing 29-turida "Qizilqum"ni mag'lub etdi (4:1).

Bu esa mezbonlarga chempionlikni taqdim qildi. O'yindan so'ng "Neftchi" bosh murabbiyi Vitaliy Levchenko fikrlarini bildirdi.

"Muxlislar, rahbariyat, futbolchilar kabi bizda ham tasvirlab bo'lmas hissiyotlar bor. Ishqibozlar bu chempionlikni 24 yil kutishdi. Bu uzoq va mashaqqatli yo'l edi. Yakunda chempionlikni qo'lga kiritdik. Muxlislarga bayram tuhfa qildik. Mazkur yutuqdan xursandman va barchani tabriklayman",- deydi Vitaliy Levchenko.

O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: Championat.asia