

"O'zbekiston yoshlar terma jamoasi juda kuchli hisoblanadi. Aytish mumkin bo'lsa Yevropa jamoasiga o'xshashib ketadi. Umuman boshqacha tezlik, umuman boshqacha fikrlash...
Osiyo chempionati guruh bosqichida O'zbekiston bilan o'ynaymiz. General bo'lishni istamagan askar askar emas. Shu bois biz ham qita chempionatida O'zbekistonni mag'lub etishni istaymiz. Agar shogirdlarim barcha ko'rsatmalarimni to'g'ri bajarishsa, bugungidek taslim bo'lishmasa, g'alaba haqida gapirish mumkin.
Guruhda yana Avstraliya va Xitoy kabi jamoalar ham bor. Ularni ham o'rganishda davom etayapmiz. Ammo O'zbekiston ham, Avstraliya ham, Xitoy ham deyarli har oyda Yevropa jamoalari va Osiyoning kuchli jamoalariga qarshi o'rtoqlik uchrashuvlarini o'tkazishadi. Afsuski, hozirgi kunda bizda bunday imkoniyat yo'q.

Bugungi o'yinda hakamlikka umuman etirozim yo'q. Ular o'z ishini a'lo darajada bajarishdi. Hakamlar natijaga ta’sir qilishmadi. Ularga bugun 5 baho qo'yaman.
Osiyo chempionatiga boradigan tarkib oktyabr oyiga yaqin aniqlanadi. Hali selekciya ishlari davom etmoqda.
Ertaga Turkmaniston bilan o'ynaymiz. Ushbu o'yinda tarkibimizda o'zgarishlar bo'ladi. Sababi bugun futbolchilarim katta jismoniy yuklama olishdi, - deydi Vitaliy Levchenko.
Narzulla Saydullaev



