Vitaliy Denisov to'p tepadigan "Lokomotiv"da prezident o'zgardi
Aslanov Jasurbek
10 avg 2016, 18:45
Moskvaning "Lokomotiv" direktorlar kengashi a'zosi va Rossiya Temir yo'llari vice-prezidenti Saman Babaevning ma'lum qilishicha, Ilya Gerkus klubning yangi prezidenti etib tayinlandi.
"Direktorlar kengashi yig'ilishi yakunlandi. Hammasi yaxshi, Olga Yurevna bilan xayrlashdik. Gerkus klubning yangi prezidenti. Anatoliy Mesheryakov u bilan 3 yillik shartnoma imzolaydi" - deydi Babaev.