Vitaliy Denisov jarohat tufayli O'zbekiston terma jamoasi o'yinlarini o'tkazib yuboradi

Aslanov Jasurbek
20 mar 2017, 15:49
Moskvaning "Lokomotiv" himoyachisi Vitaliy Denisov O'zbekiston terma jamoasining yaqin o'yinlarida ishtirok eta olmaydi.

Denisov v "Spartak"ka qarshi Rossiya chempionatining 20-tur o'yinida jarohat oldi. Shunday qilib, Vitaliy Denisov Suriya va Qatarga qarshi JCH-2018 saralash uchrashuvlarida ishtirok etmaydi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com