

"Lokomotiv" matbuot xizmati 15 nafar futbolchining taxminlarini olishdi. Ular orasida faqat Vitaliy Denisov va Maykon Portugaliya 1:0 hisobida g'olib bo'lishini to'g'ri topishgan.
Denisovning finaldan oldingi fikrlari:
- Futbolda doim portugaliyaliklarga muxlislik iqlaman. Bu safargi Yevropa chempionatida ular haqida barcha turli fikrda. Guruh bosqichida uchta durang qayd etib g'alabasiz keyingi bosqichga chiqishdi. Bu esa menga yoqadi! Yarim finalda Portugaliya yaxshi o'ynadi. Finalda Evro-2004 uchun revansh kutayapman, o'shanda Portugaliya o'z uyida Gretsiyaga yutqazib qo'ygandi. O'sha alamli mag'lubiyat bu safar bayramga aylanishi kerak! Taxminiy hisob: 1:0.
Denisovning finaldan keyingi fikrlari:
- To'g'risini aytganda, yanada yorqinroq finalni kutgandim. - Krishtianuning jarohati - drama, bu vaziyatni hali ko'p muhokama qilishadi. Ammo o'yinning o'zi u qadar qiziqarli kechmadi. Ikkala jamoa uzoq yo'l bosib o'tishgani uchun charchab qolishgani bilindi.



