Vinisius Junior va Rodrigo raqamlarini alishtirdi

Omonjon To`xtamirzayev
12 iyun 2023, 15:29
"Real"ning braziliyalik vingerlari yangi mavsumda boshqa o'yin raqamlarida harakat qiladigan bo'lishdi.

"Qirollik klubi"ni Eden Azar tark etgach, mashhur "7" raqami bo'sh qolgandi. Bazilar ushbu raqamni Mbappega olib qo'yilishi haqida aytgandi. Biroq unday bo'lib chiqmadi. Jamoaning yetakchilaridan biriga aylanib bo'lgan Vinisius Junior yangi mavsumda 7-raqamda harakat qiladi. Braziliyalik yana bir vinger Rodrigo esa o'ziga 11-raqamni oldi. O'tgan mavsumda bu raqam Marko Asensioga tegishli edi. 

O'z navbatida, jamoaning yangi himoyachisi Fran Garsiya 20-raqamda to'p tepadi.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: championat.asia