Vinisius Junior: "Messi yoki Ronaldu? Benzema!"

Alisher
11 iyun 2019, 15:35
"Real" hujumchisi Vinisius Junior qaysi futbolchi bilan o'ynashni afzal ko'rasiz degan savolga original javob berdi.

Forvardga Lionel Messi yoki Krishtianu Ronaldudan bittasini tanlash so'raldi.

- Qiyin savol, men ularning ikkisi bilan ham o'ynamaganman... Men Benzemani tanlayman, u har doim menga yordam beradi, - deydi Vinisius.

Vinisius joriy mavsum barcha turnirlarda 30ta o'yinda maydonga tushib, 4ta gol va 2ta assistga erishdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Fox Sports