Vinchenco Montella: “Milan”ga borimni berdim”

Aslanov Jasurbek
28 noya 2017, 00:49
“Milan” klubining endilikda sobiq bosh murabbiyi Vinchenco Montella o'zining kechagi iste'fosi yuzasidan fikr bildirdi.

“Milan”dan ketish men uchun og'ir zarba bo'ldi. Men borimni klub uchun berdim. Qo'limdan kelganicha harakat qildim. Afsus, natija biz kutganchalik bo'lmadi. Shu bois, iste'foimni muhokama qilmayman. Barcha futbolchilarga o'z minnatdorchiligimni bildiraman”, - deya o'zining Instagram sahifasida fikr qoldirgan Montella.

Ma'lumot uchun, Montella “Milan” bosh murabbiyi sifatida bir yarim mavsum ishladi. U klub bilan birga Italiya Superkubogini qo'lga kiritdi. Vinchenco “Milan”gacha “Roma”, “Kataniya”, “Fiorentina” va “Sampdoriya” klublarini boshqargan edi. 

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif