Vinchenco Montella: "Milan" Donnarummaning qarorini kutishi kerak, u bunga haqli"

Tolibjon Qosimov
27 iyun 2017, 11:57
"Milan" bosh murabbiyi Vinchenco Montella klub Janluiji Donnarummaning qarorini kutishi kerakligini aytib o'tdi.

"Donnarummaning oilasi bilan yaxshi munosabatdaman. Meni kofega taklif qilishdi va buni mamnuniyat bilan qabul qildim. Hozir Janluijining kelajagi menga yoki klubga bog'liq deb o'ylamayman. U o'zining atrofidagilar bilan bu savolni muhokama qilmoqda va bunga haqqi bor. "Milan" Donnarummaning qarorini kutishi kerak, u bunga haqli", - dedi Montella.


O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Football Italia