Vinchenco Montella: "Yevropa ligasida guruhda birinchi bo'lmoqchimiz"

Tolibjon Qosimov
28 noya 2013, 13:47
"Fiorentina" klubi ustozi Vinchenco Montella jamoaning Yevropa ligasida o'z oldiga qo'yayotgan maqsad haqida gapirib berdi.
"Portugaliyaga "Pasush de Fereyra"ga qarshi o'yinga ko'plab futbolchilarimiz kelishmadi, ammo baribir g'alaba qozonmoqchimiz.

Guruhda birinchi o'rinni olsak Chempionlar ligasida uchinchi bo'lib Yevropa ligasiga qo'shiladigan klubga qarshi o'ynamaymiz.

Ha, biz Chempionlar ligasida o'ynamayapmiz, ammo uni kuzatib borayapmiz.

Gomesning jarohati? Ha, bu biz uchun katta yo'qotish. Ammo boshqa futbolchilar bundan o'zlariga foydani chiqarib olishlari mumkin", – deydi Montella La Gazzetta dello Sport nashri.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: sports.ru