"Vilyarreal" Emerini "Nyukasl"ga qo'yib yubormoqchi emas

Alisher
3 noya 2021, 15:33
"Vilyarreal" bosh murabbiy Unai Emerini "Nyukasl"ga qo'yib yubormoqchi emas.

Ispan klubi prezidentining aytishicha, "Nyukasl" Emeri bo'yicha taklif bergani yo'q. Agar u tushsa ham, "sariq suv osti kemasi" o'z murabbiyi bilan xayrlashmoqchi emas.

Oldinroq xabar berilganidek, Emeri "Nyukasl" bosh murabbiyi uchun asosiy da'vogar hisoblanadi.

"Nyukasl" ispan klubiga murabbiy uchun tovon puli sifatida 5 million funt to'lashiga to'g'ri keladi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano