"Vilyareal" ham transfer e'lon qildi

Mirjalol Normatov
4 iyul 2019
"Vilyareal" "Eybar" sharafini himoya qilgan Ruben Penya bilan shartnoma imzolanganini rasman e'lon qildi.

Himoyachi yangi jamoasi bilan 5 yillik shartnomaga imzo chekkan.

27 yoshli Penya 2016 yilda "Leganes"dan 200 ming evro evaziga "Eybar"ga o'tgandi. O'tgan mavsumda u jamoasi tarkibida 31 o'yinda qatnashib, 1 gol urdi va 2 golga assistentlik qildi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: vilarealfc.com