Vilya: "Atletiko" yaxshi startni davom ettirishi kerak"

Narzulla Saydullayev
23 noya 2013, 09:58
"Atletiko" hujumchisi David Vilya jamoaning og'ir mehnati uning natijalarida aks etishini ma'lum qildi.
"Biz mavsumni yaxshi boshladik, Primera va Chempionlar ligasida yaxshi o'yin namoyish etayapmiz. Yaxshi startdan xursandmiz, ammo shu yo'sinda davom etishimiz kerak. Natijalar barchasini ko'rsatib bermoqda. Sheriklarimning mehnatlari evaziga men bir necha marta gol urishga erishdim.

Shunday mehnat qilayotganimdan mamnunman, oydan-oyga mehnat qilishni ko'proq istayman".

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: soccer.ru