Villianni "Barselona"ga tekinga taklif qilishdi, ammo klub buni rad etdi

Alisher
9 apr 2020, 10:20
"Barselona" mavsum yakunlanganidan so'ng erkin agentga aylanadigan yarim himoyachi Villian bilan shartnoma imzolashdan bosh tortdi.

31 yoshli braziliyalik futbolchining agenti Kia Jurabchian o'yinchini Kataloniya klubiga taklif qildi, ammo "ko'k-anorranglilar" Villianni rad etishdi.

Bundan tashqari, Villian katta maosh va 3 yillik shartnoma talab qilmoqda. "Barselona" esa yoshroq futbolchi bilan shartnoma imzolashni maqul ko'radi.

Kataloniyaliklar o'tgan yillarda Villianni xarid qilishga urinishgan, ammo "Chelsi" o'yinchi uchun katta pul so'ragandi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Sport.es.