Villian: “MYU” yozda men bilan qiziqqan”

Aslanov Jasurbek
10 fev 2017, 01:01
“Chelsi” yarim himoyachisi Villianning aytishicha, u o'tgan yilning yozida Manchesterga ko'chib o'tishi mumkin bo'lgan ekan.

“Mourinyo jamoaga o'tgach, “Manchester Yunayted” tomonida qiziqish bo'lgandi. Lekin aniq taklif borasida hech narsa deyolmayman. Boshqa klublarning menga qiziqayotganligi haqidagi xabarlarni eshitaman. “Chelsi”da men  ko'rsatayotgan qoniqish hosil qilayotganligi yoqimli. Oskarga o'xshab Xitoy klubiga o'tishimi mumkinmi? Bunday qarorga kelish uchun biz o'z kelajagimiz, oila va farzandlarimiz haqida o'ylaymiz. Men bundan vaziyatda qanday yo'l tutardim, bilmayman.

Shuni aytishim mumkinki, men “Chelsi”da baxtliman. Menga bu er juda yoqadi. Bu klub mening uyim”, deydi Villian.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Globoesporte