Villian: "Messi - o'zgacha"

Tolibjon Qosimov
14 mar 2018, 20:59
"Chelsi" yarim himoyachisi Villian "Barselona"ga qarshi bugungi o'yindan oldin fikrlarini bildirib o'tdi.

Londonda o'tgan birinchi bahsda 1:1 hisobi qayd etilgan edi. O'shanda gollarga Villian va Messi mualliflik qilishgan.

"Kamp Nou"dagi oldingi uchrashuvlarimiz haqida o'ylamayapman. Bugun umuman boshqa o'yin bo'ladi. Biz Leo Messi va "Barselona"ni juda yaxshi bilamiz. Uning tarkibida jahon darajasidagi o'yinchilar bor, shu sabab biz juda ham diqqatli bo'lishimiz kerak.

Messi - o'zgacha va maydonda xohlagan narsasini qilishi mumkin. Biz juda ham e'tiborli bo'lishimiz kerak", - dedi Villian.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: uefa.com