Villian Joze o'zini "Tottenxem"ga qo'yib yuborishlarini so'radi

Alisher
23 yanv 2020, 14:30
Hujumchi Villian Joze "Real Sosedad" rahbariyatidan o'zini "Tottenxem"ga qo'yib yuborishlarini so'radi.

"Shporlar" jarohatlangan Xarri Keynning o'rniga nomzod qidirishmoqda va sansebastyanliklar forvardi bilan shartnoma imzolashmoqchi.

Villian Jozening "Sosedad" bilan tuzgan shartnomasi 2024 yilning iyuniga qadar mo'ljallangan, uning tovon puli 70 million evroni tashkil etadi.

28 yoshli o'yinchi joriy mavsum "qirollik klubi" safida 22a o'yinda maydonga tushib, 8ta gol urishga erishdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Cope