Villian Joze “Barsa”ga o'tadimi? "Real Sosedad” ustozi javob berdi

Eldor Akmurzayev
12 fev 2020
"Real Sosedad” bosh murabbiyi Imanol Alguasil jamoa hujumchisi Villian Jozening “Barselona”ga o'tishi haqida xabarga munosabat bildirdi.

Avvalroq, 28 yoshli forvard hafta oxirida kataloniyaliklar a'zosiga aylanishi haqidagi aytilgan edi

“Jozega taaluqli yangligim yo'q. Yaqinda u “Atletik”ka qarshi o'ynagan edi. Albatta, Joze "Real Sosedad”ni aniq tark etmaydi deya olmayman ammo u buni qiladi deb ham o'ylamayman. Hozir esa Villian biz bilan bo'lishni istaydi. O'ylaymanki, u mavsum oxirigacha klubda qoladi. Xotirjamman, boisi, jamoada ishlar odatiy rejimda davom etmoqda. Joze yana bir haftani biz bilan o'tkazgani esa uning hech qaerga ketmasligini anglatadi”, – deya so'zlarini yakunlagan mutaxassis.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: mundodeportivo