Villian "Chelsi"da yana qancha o'ynamoqchi ekanligini aytdi

Mirjalol Normatov
9 sen 2018, 18:40
"Chelsi" yarim himoyachisi Villian uzoq vaqt davomida London jamoasida faoliyat olib bormoqchi.

"Matbuotda mening ketishim borasida ko'plab xabarlar berildi. Ammo men hech qachon bu yerdan ketish niyatim borligini aytmaganman. Hamisha "Chelsi"da qolishni istaganman. Bu yerda baxtliman.

Bu erga kelganimda uzoq vaqt qolishni reja qilgandim. "Chelsi"da besh mavsumdan buyon harakat qilyapman va yana shuncha vaqt davomida klub sharafini himoya qilaman, degan umiddaman.

"Chelsi"da chempion bo'ldim, ko'plab uchrashuvlarda maydonga tushib, g'oliblik qanday bo'lishini bildim. "Chelsi" futbolchisi ekanligimdan faxrlanaman", - dedi Villian.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal