Viktor Kumikov: "Hakam o'z imkoniyati darajasida boshqarib bordi"

Iskandarov Abdulaziz
24 sen 2022, 21:25
Pro liga 19-turidan o'rin olgan “Mashal” – “Andijon (0:0) o'rtasidagi o'yindan keyingi matbuot anjumanining dastlabki qismidv mehmonlar bosh murabbiyi Viktor Kumikov qatnashdi.

-  Bugun g'alaba qozonishimiz kerak edi. Aytaylik, birinchi bo'limda 4 ta golli vaziyatdan foydalana olmadik. Bunday vaziyatlardan keyin esa yutqazishimiz ham mumkin edi. Yaxshiyam to'p o'tkazib yubormadik. 

- Bugun birinchi bo'limda "Andijon", tanaffusdan keyin "Mashal" yaxshi o'ynadi...

-  Ha, albatta, birinchi bo'limda havo issiq edi. Shuning uchun bu biroz o'z ta’sirini ko'rsatdi. Tarkibimizga diqqat bilan qarasangiz, 18 nafar futbolchi bor. Shulardan aksariyati yoshlar. Uchrashuvning oxirgi 20 daqiqada tarkibni almashtirib, poziciyalarni yangilab olishimiz kerak edi.

-  Bugungi uchrashuv hakamlari borasida qanday fikrdasiz?

-  Hakamlik haqida gapirishimiz keragi yo'q. Hakam o'z imkoniyati darajasida boshqarib bordi. U qanday hakamlik qilishni mendan ko'ra yaxshiroq biladi.




O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: championat.asia