Vidal: "Agar o'yinchi ketishni yoki uni sotishlarini xohlasa, unga jamoa toping, ammo bunday gaplarni aytmang"

Alisher
31 avg 2020, 11:30
"Barselona" yarim himoyachisi Arturo Vidal jamoaning so'nggi mavsumlardagi natijalari haqida gapirdi.

"So'nggi 3 yilda biz oldingidek "Barselona" bo'la olmadik. Eng kuchli jamoada faqatgina 13 nafar professional o'yinchi bo'lmaydi. Faqat DNK hisobiga g'alaba qozonish imkonsiz.

Messi - dunyodagi eng kuchli futbolchi, u o'zga sayyoralik, ammo unga yaxshiroq natijalar qayd etish uchun yordam kerak.

Men o'yinchilarni "sotilgan" deb atashlarini umuman tushunmayman. Bu jirkanch. Agar o'yinchi ketishni yoki uni sotishlarini xohlasa, unga jamoa toping, ammo bunday gaplarni aytmang. Har bir inson hurmatga muhtoj". - deydi Vidal YouTube'dagi intervyuda.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Goal.com