Veynaldum APLga qaytmoqchi

Оқил Абдубарноев
25 yanv 2022, 22:25
PSJ yarim himoyachisi Jorjino Veynaldum yana Premer-ligaga qaytmoqchi.

Futbolchiga Londonning "Arsenal" klubi qiziqish bildirmoqda. Veynaldumning o'zi ham "kanonirlar" safiga o'tishdan manfaatdor, chunki uni Parij klubidagi o'rni qoniqtirmayapti.

Joriy mavsumda Veynaldum PSJ safida Liga 1'da 18 ta o'yinda maydonga tushdi, shulardan 9 tasini asosiy tarkibda boshladi. Futbolchi bitta gol urdi va ikkita golli uzatmani amalga oshirdi.

Eslatib o'tamiz, niderlandiyalik futbolchi yozda erkin agent sifatida PSJ bilan shartnoma imzolagandi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: ESPN