
Bu darajadagi qattiq jazoga mamlakat milliy chempionatidagi o'yin sabab bo'lgan. Don raqib futbolchisiga nisbatan juda qo'pol harakat qilgan va uning oyog'ini sindirgan. Jabrlanuvchi futbolchi jarohati sabab endi kamida 1 yil maydonga tusha olmaydi.
Qo'shimchasiga, 26 yoshli futbolchi 576 funt miqdoridagi jarimani to'lashga majbur bo'ladi.Futbolchida ushbu jazo yuzasidan shikoyat qilish huquqi bor.