Vertongen "Tottenxem"dan ketadi

Alisher
27 iyul 2020, 13:03
"Tottenxem" himoyachisi Yan Vertongen tez orada "shporlar" tarkibidan erkin agent maqomida kyetib, boshqa klubga qo'shiladi.

Bundan tashqari klubni darvozabon Mishel Vorm tark etadi. 8 yil London klubi tarkibida o'ynagan futbolchining ketishini "Tottenxem"ning bir necha futbolchilari, jumladan Tobi Alderveyreld ham tasdiqladi.

"Bu ikki ajoyib futbolchining klubdan ketayotganini ko'rish og'ir. Yaxshi o'yinchilar va insonlar. Biz hech qachon unutmaydigan bir necha daqiqalarni baham ko'rdik. 

Keyingi qadamlaringizda sizlarga omad tilayman. Aloqada qolamiz", - deb yozdi Tobi o'zining "instagram" sahifasiga.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: instagram.com/tobyalderweireld