PSJ yarim himoyachisi Marko Verratti jamoadoshi Iezekiil Lavessi "Inter"ga o'tishi mumkinligi haqidagi xabarga izoh berdi.
"Lavessi PSJda qolishiga shubha qilmayman. Mavsum boshida unga qiyin bo'ldi, ammo hozir mashg'ulotlarda u yana hushchaqchaq. Lavessi o'yindan lazzat oladigan futbolchilar qatoriga kiradi. O'ylashimcha, u PSJda uzoq yil o'ynaydi".