Verratti: Ibragimovich menga qo'ng'iroq qilib Evroda Italiyani "er tishlatmoqchi" ekanligini aytdi"

Aziz Tukhtamuradov
27 dek 2015, 22:25
PSJ futbolchisi Marko Verratti jamoadoshi Zlatan Ibragimovichning hazilkashligi haqida gapirib o'tdi.

"Uning chempionatda "eng yaxshi horijlik futbolchi" unvonini qo'lga kiritganini eslayman. U shunday degandi: "Men ushbu sovrinni ikki marta bilmasdan yutib qo'ydim". Zlatan doimo hazillashadi. Biz u bilan turlicha bo'lsakda Ibra bilan vaqtni maroqli o'tkazish mumkin. Evro-2016 qur'asidan so'ng u menga qo'ng'iroq qildi va Shvetsiya terma jamoasi bilan birgalikda Italiyani sharmanda qilmoqchi ekanligini aytdi. Men esa o'z o'rnida unga og'irroq bo'lishni maslahat berdim", - deydi italiyalik futbolchi.

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: L' Equipe