Vernyerdan XXI asrning noyob rekordi

24 may 2020, 23:32
“RB Leyptsig” hujumchisi Timo Verner Bundesliga 27-turi doirasida “Maync”ga qarshi (5:0) bahsda uch bor raqib darvozasini ishg'ol etishning uddasidan chiqdi.

24 yoshli germaniyalik futbolchi 1998-99 yilgi mavsumdan buyon ilk marta bir mavsumda bir jamoa darvozasiga ikki marta xet-trikka erishgan ilk futbolchiga aylandi. Mazkur jamoalarning birinchi davrada o'tgan bahsida (8:0) ham Verner uchta golga mualliflik qilgandi.

Vernerga qadar ushbu natijani 1998/99 yilgi  mavsumda “Borussiya” (M)ga qarshi bahsda   Ulf Kirsten, 1974/75 yilgi mavsumda “Fortuna” va 1973/74 yilgi mavsumda “Shalke”ga qarshi bahslarda Gerd Myuller, shuningdek 1965/66 yilgi mavsumda “Borussiya” (M)ga qarshi uchrashuvlarda Lotar Emmerix qayd etishgan.

O'xshash yangiliklar


Manba: Opta Sports