Vermalen: "O'tgan mavsum og'ir bo'ldi"

Aziz Tukhtamuradov
11 sen 2015, 21:08
"Barselona" futbolchisi Tomas Vermalen o'tgan mavsum haqida va bo'lajak mavsum borasida gapirib o'tdi.

"O'tgan mavsum men uchun juda qiyin bo'ldi. Buning sababi jarohat. Yangi jamoaga kelganingda o'zingi har tomonlama ko'rsatishing lozim. Lekin, agar jarohatlar senga halal bersa bundan yomoni yo'q.

Yangi mavsum uzoq davom etadi. Maqsadimiz ham o'tgan yilgi natijani takrorlash. Biz "trebl" sohibi bo'ldik. Buni yana takrorlashga urinib ko'ramiz", - deydi belgiyalik futbolchi.

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: football.kulichki.net