Vermalen: "Aprelda maydonga qaytib, "Barselona"ga yordam berishga umid qilaman"

Aslanov Jasurbek
18 mar 2015, 10:44
"Barselona" himoyachisi Tomas Vermalen aprel oyida safga qaytishga umid qilmoqda.

Aprelda maydonga qaytib, mavsum oxirida jamoadoshlarimga yordam berishga umid qilyapman. Hammasi reja bo'yicha ketmoqda. Uzoq tanaffusdan so'ng yanada kuchli bo'ilb qaytaman" - deydi Vermalen o'z "Feysbuk" sahifasida.

Eslatib o'tamiz, ispan grandi futbolchini o'tgan yozda "Arsenal"dan 10 mln. evro evaziga xarid qilgan edi. Ammo Vermalen jarohati tufayli hozirgacha "Barselona" safida debyut qila olgani yo'q.

Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com