

Ma'lumotlarga ko'ra, fransiyalik mutaxassisga tashkilotning texnik rivojlanish bo'limi boshlig'i lavozimi taklif qilindi. Agar Venger ushbu taklifni qabul qilsa, uning vazifalariga texnologik innovaciyalarni qo'llash hamda futbol qoidalarini o'zgartirish kiradi.
Venger hozircha kelajagi borasida qaror qabul qilgani yo'q. Agar u FIFA taklifiga rozi bo'lsa, mutaxassisning tayinlovi haqida bir necha hafta ichida e'lon qilinadi.
Oldinroq, Venger PSJda direktor sifatida ish boshlashi haqida xabarlar e'lon qilingan edi, ammo Parij klubi prezidenti mish-mishlarni rad etdi.



