

"U hech qachon o'yindan uzilib qolmaydi, buyuk hujumchilarga o'xshaydi. Futbolchilar qachon gol urishlarini yaxshi bilishadi. Hatto vaziyatlardan foydalana olishmasa-da, ruxan cho'kib qolishmaydi.
Agarda boshqa hujumchilarga e'tibor bersangiz, to'p o'zining jarima maydonchasi ichida bo'lsa, ular turib qolishlarini ko'rishimiz mumkin. Vardi esa doim harakatda va to'pning qaerga borishini tez tushunib oladi.
O'z vaqtida Vardiga katta pul taklif qilganman. Biroq "Lester" buni bilib qolib, unga ham shuncha pul va uzoq muddatli shartnoma taklif qilgandi", - dedi Venger.



