Venger UEFA qoidalariga qarshi chiqdi

Aslanov Jasurbek
15 fev 2018, 16:41
"Arsenal" bosh murabbiyi Arsen Venger bir jamoada evrokubok o'yinida ishtirok etgan futbolchi qishki transfer oynasidan so'ng iikkinchisida o'ynay olmasligi haqidagi UEFA qonuniga qarshi chiqdi.

"Barcha klublar gapimga qo'shilsa kerak. Bu qoidani bekor qilish kerak. Agar hozirgi transfer narxlariga qaraydigan bo'lsak, mavsum o'rtasida ular uchun 50-60 mln. evro sarflashmoqda. Biroq futbolchilar siz uchun evrokubokda o'ynay olmaydi va bundan mano yo'q" - deydi Venger.

Per-Emerik Obameyyang qishki transfer oynasida Dortmundning "Borussiya"sidan "Arsenal"ga o'tdi. Futbolchi joriy mavsum nemis klubi safida Chempionlar ligasida ishtirok etdi va UEFA qonunlariga ko'ra, u "to'pchilar" futbolchisi sifatida Yevropa ligasi bahslarida qatnasha olmaydi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: enca.com