Venger: "Takliflar kutganimdan ham ko'p"

Tolibjon Qosimov
8 may 2018, 16:43
"Arsenal" bosh murabbiyi Arsen Venger ish yuzasidan bir nechta takliflar olganini aytib o'tdi.

"Takliflar hatto men kutganimdan ham ko'p. Hozircha hech nimani ko'rib chiqmadim.

Men "Arsenal" bilan shartnomamning oxirgi kuniga qadar e'tiborni faqat unga qaratishni istayman", - dedi Venger.

Oldinroq, Venger faoliyatini PSJ, "Monako" yoki Xitoy klublaridan birida davom ettirishi mumkinligi xabar qilingan edi.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Goal.com