Venger Sanches ketayotganini tasdiqladi

Aziz Tukhtamuradov
14 yanv 2018, 21:10
"Arsenal" bosh murabbiyi Arsen Venger jamoa futbolchisi Aleksis Sanches klubdan ketayotganini ma'lum qildi.

"Kanonirlar" bosh murabbiyi "Bornmut"ga qarshi o'yindan keyin bo'lib o'tgan matbuot anjumanida chililik futbolchining 48 soat ichida yangi jamoa bilan shartnoma imzolashini aytib o'tdi.

Aleksis Sanches yaqin vaqtlar ichida "Manchester Siti" yoki "Manchester Yunayted" jamoalaridan biri bilan shartnoma imzolashi kutilmoqda. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: twitter.com/TransferRelated