Venger Obameyang haqida sir saqladi va Mxitaryanning maoshi "Arsenal" uchun muammo emasligini aytdi

Tolibjon Qosimov
18 yanv 2018, 17:15
"Arsenal" bosh murabbiyi Arsen Venger qishki transferlar haqida gapirib o'tdi.

"Sanches? Bu haqda ortiqcha gapirmoqchi emasman. Agar transfer amalga oshmasa, u dam olish kuni o'ynaydi. Lekin, katta ehtimol bilan kelishuv amalga oshadi. To'g'ri, istalgan paytda hammasi barbod bo'lishi ham mumkin.

Mxitaryan - haqiqatga yaqin variant. Bu o'yinchi menga yoqadi, unga bizning o'yin sifatimiz yoqadi. Maosh biz uchun muammo bo'lmaydi.

Malkom? U bizga yanvarda kelib qo'shiladi deb o'ylamayman. Obameyang? Menimcha, bunday narsalarni eng oxirigacha, to rasman bo'lmaguncha sir saqlagan maqul. U bizga mos tushadimi? O'ylashimcha, ha. xarakter muhim rol o'ynaydi", - dedi Venger.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: twitter.com/SquawkaNews