Venger Fransiya prezidenti bilan futbol o'ynaydi

Aslanov Jasurbek
13 okt 2021, 20:35
Payshanba kuni Arsen Venger xayriya o'yinida ishtirok etadi.

Londonning "Arsenal" klubi sobiq bosh murabbiyi Fransiya prezidenti Emmanuel Makron bilan bir jamoada o'ynaydi.

Eslatib o'tamiz, Arsen Venger 2017/2018 yilgi mavsum oxirida "Arsenal" murabbiylar shtabigni tark etgandi. Venger 22 yil "kanonirlar" boshqaruvida bo'lgan. Hozirda Arsen FIFAda faoliyat yuritadi. Yaqinda u har ikki yilda bir marta jahon chempionatini o'tkazishni taklif qildi. Bu fikr ko'pchilik tomonidan, xususan, UEFA tomonidan tanqid qilindi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: football.london