

Bu haqda Portugaliyaning "Record" nashri xabar berdi. Manbaning ma'lumotiga ko'ra, Peres agent Jorje Mendeshga Ronaldu bo'yicha takliflarni kutayotganini va u bilan xayrlashishga tayyorligini xabar qilgan. Peres qancha summaga futbolchini sotishi mumkinligi ma'lum qilinmagan.
15 yanvar kuni "AS" nashri Ronaldu Peres uning maoshini oshirmagani bois "Real"dan ketmoqchiligini ma'lum qilgan edi.




