Varan "Manchester Yunayted" ajoyib jamoaviy ruhga ega"

Sherzod Nurmatov
15 avg 2023, 16:55
"Manchester Yunayted" himoyachisi Rafael Varan jamoasining "Vulverxempton" ustidan qozonilgan g'alabasini (1:0) yuqori baholadi.

U o'yindagi yagona golga mualliflik qildi.

"Yaxshi jamoaga qarshi qiyin o'yin bo'ldi. Mavsumni shunday boshlash yoqimli, uch ochko, "quruq" darvoza. Bizda ajoyib jamoaviy ruh bor, lekin yanada tajovuzkor bo'lishimiz kerak. To'pni nazorat qilib, xotirjamroq o'ynagan maqul", – dedi Varan.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: BBC