Vanda Nara "Inter"ni tanqid qildi

Aslanov Jasurbek
11 fev 2019
"Inter" hujumchisi Mauro Ikardining xotini Vanda Nari turmush o'rtog'i o'ynaydigan Milan shahri klubini tanqid qildi.

"Men shartnoma uzaytirish haqida gapirganim yo'q. Spalletti meni tushunmagan ko'rinadi. Menga klubdan qo'ng'iroq qilishganida, biz yaqinroq tanishib, boshqa narsalarni muhokama qilmoqchi edik.

Klub Mauroni yaxshiroq himoya qilishini istayman, chunki bazida iflos mish-mishlar tarqalmoqda.

Bor e'tiborimiz "Inter"ga qaratilgan. Hech qaerga shoshmayapmiz, Mauroning yana 2 yillik shartnomasi bor. Men hech qachon klubdan bitimni uzaytirishni talab qilmaganman" - deydi Vanda.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Football Italia