Van Persi yana qadrdon jamoasida to'p tepadi

20 yanv 2018, 00:14
Gollandiyalik mashhur hujumchchi Robin van Persi qadrdon jamoasi “Feynoord”ga qaytmoqda.

Bu haqda rottyerdamliklar klubi rasmiy sayti xabar berdi.

2015 yildan buyon Turkiyada to'p tepayotgan 34 yoshli forvard “Fenerbaxche” klubi bilan amaldagi shartnomasini bekor qildi. Dushanba, 22 yanvar kuni van Persi “Feynord” bilan shartnomaga imzo chekadi.

Gollandiya terma jamoasining sobiq hujumchisi 2001-2004 yillarda “Feynord” safida to'p tepgan va keyinchalik “Arsenal” hamda “Manchester Yunayted” safida yorqin o'yinlarni o'tkazgandi.

O'xshash yangiliklar


Manba: "Фейноорд" ФК расмий сайти