Van Persi "Liverpul"ga qarshi o'yinda maydonga tushishi mumkin

Tolibjon Qosimov
23 sen 2013, 15:30
"Manchester Yunayted" hujumchisi Robin van Persi jarohati tufayli "Manchester Siti"ga qarshi o'yinni o'tkazib yuborishiga to'g'ri kelgandi. Biroq u chorshanba kuni Liga kubogida "Liverpul"ga qarshi o'yinda maydonga tushishi mumkin.
"Bizningcha, Robinning ahvoli joyida bo'ladi. Uning jarohati jiddiy emas. U chorshanba yoki kelasi dam olish kunlarida maydonga tushishga tayyor bo'ladi", dedi jamoa bosh murabbiyi Devid Moyes.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: soccer.ru