Van Gal koronavirusga chalindi

Sherzod Nurmatov
22 mar 2022
Niderlandiya terma jamoasi bosh murabbiyi Lui van Galning koronavirus uchun topshirgan testi musbat natijani ko'rsatdi.

Bu haqda Niderlandiya futbol federatsiyasi matbuot xizmati xabar qildi.

Aytishlaricha, murabbiy o'zini yakkalash tartibiga o'tgan.  

Niderlandiya 26 mart kuni Daniya bilan o'rtoqlik uchrashuvida qatnashadi, 29-kuni esa Germaniyaga qarshi o'ynaydi.

Eslatib o'tamiz, Niderlandiya termasi 70 yoshli mutaxassis qo'l ostida JCH-2022 yo'llanmasiga ega chiqqan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: knvb.com