Van Deyk va Gomes jarohatdan tiklanishda davom etmoqda

Sherzod Nurmatov
22 iyul 2021, 19:23
Lekin ular oldinda turgan mavsumoldi o'yinlarida qatnashishmaydi.

"Liverpul" ustozi Yurgen Kloppning xabar berishicha, Virjil van Deyk va Jo Gomes hali jarohatdan to'liq forig' bo'lmagan. Murabbiyning aytishicha, himoyachilar keyingi o'yinlarda ishtirok etishmaydi.  

Shunga qaramasdan, har ikki futbolchi "Liverpul"ning Avstriyadagi yig'inida ishtirok etyapti va individual mashg'ulotlarni davom ettirmoqda. 

"Qizillar" markaziy himoyachilari van Deyk va Gomes o'tgan mavsumning katta qismini o'tkazib yubordi va Evro-2020'da qatnashmadi. 

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: The Sun