Van Deyk to'qqiz oy deganda "Liverpul" qaydnomasiga kiritildi. Ro'yxatda Jo Gomez ham bor

Aslanov Jasurbek
29 iyul 2021, 23:20
Virjil van Deyk o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushishi mumkin.

"Liverpul" himoyachisi Virjil van Deyk "Gerta" bilan o'tkaziladigan o'rtoqlik uchrashuvi qaydnomasiga kiritildi. Futbolchi o'tgan yilning oktyabr oyida olgan jarohatidan so'ng deyarli butun mavsumni o'tkazib yuborgandi. Van Deyk bilan birgalikda Jo Gomes ham qaydnomada bor. Jo ham van Deykdan bir oy o'tar-o'tmas jarohat olgandi. "Gerta" bilan o'rtoqlik uchrashuvi bugun o'tkaziladi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia