Van Deyk: "Oltin to'p"ni olmaganimga biroz xafa bo'ldim"

Mirjalol Normatov
22 dek 2019, 14:14
"Liverpul" himoyachisi Virjil van Deyk "Oltin to'p" sovrini unga nasib qilmagani borasida gapirdi.

"Oltin to'p"ni olmaganimga biroz hafa bo'ldim. Biroq ushbu marosimga bordim. Oqshom ajoyib o'tdi. Shunday bo'lsa-da, ushbu futbolchilarning ro'yxatida bo'lganimdan fahrlanaman. Messi bilan biroz gaplashdim. Ko'p gaplasha olmasdik, u inglizchani zo'r bilmaydi. Biroq u meni qattiq hurmat qilishini sezdim", - dedi van Deyk.

Van Deyk UEFA talqiniga ko'ra, yilning eng yaxshi himoyachisi bo'ldi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Mirror